Davlat aktivlarini elektron savdo maydonlari orqali realizasiya qilish tizimi shu yili joriy etiladi, deb xabar tarqatmoqda norma.uz.
Hozirda davlat aktivlari klassik sxemalar orqali realizasiya qilinmoqda, bular:
- rieltorlar;
- «Toshkent» respublika fond birjasi; Davlat raqobat qo`mitasi bo`linmalari;
- hokimliklar huzuridagi komissiyalar.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ushbu jarayonni yanada shaffof va ochiq hamda investor va tadbirkorlar uchun ancha qulay qilishi mumkin.
Elektron savdo maydoni — bu veb-sayt bo`lib, unda tovarlar va xizmatlar, ushbu holatda esa - davlat aktivlari realizasiya qilinadi. U elektron hujjat aylanishi vositasida bitimlar tomonlari o`rtasida aloqani ta`minlovchi tashkiliy, axborot va texnik echimlar kompleksini o`zida mujassamlashtirgan. Tomonlar majburiy ravishda elektron raqamli imzoga ega bo`lishlari kerak.
Maydonda realizasiya qilinayotgan davlat aktivlari haqidagi barcha axborotdan foydalanish imkoniyati mavjud, bu esa barcha xohlovchilarning undan foydalanishda tengligini ta`minlaydi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasida bizga ma`lum qilinishicha, tizimni joriy etish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- 2018 yil 1 iyuldan boshlab tizim aprobasiyasi o`tkaziladi, uni Toshkent viloyatida o`tkazish rejalashtirilayotir;
- 2018 yil sentyabr oyidan boshlab respublikamiz hududida tizim ishini ta`minlash ko`zda tutilgan.