AsosiyJamiyat

O`zbekistonga kirish vizasini soddalashtirilgan tartibda oladigan davlatlar soni 51 tagacha ko`paytirildi

'O`zbekistonga kirish vizasini soddalashtirilgan tartibda oladigan davlatlar soni 51 tagacha ko`paytirildi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 fevral kuni mamlakatning sayyohlik salohiyati rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy choralar ko`rish haqidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko`ra, fuqarolari O`zbekistonga kirish uchun sayyohlik vizalarini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin bo`lgan davlatlar soni keskin ko`paytirildi.

Bungacha faqat Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Tailand, Turkiya, Yaponiya, Shveysariya, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi qo`llanilmoqda edi.

Prezidentning 2 fevraldagi farmoniga muvofiq, 2018 yil 10 fevraldan ro`yxatga yana 39 mamlakat, jumladan,

  • Avstraliya
  • Albaniya
  • Andorra
  • Bolgariya
  • Bosniya va Gersegovina
  • Vatikan
  • Vengriya
  • Gresiya
  • Daniya
  • Hindiston
  • Irlandiya
  • Islandiya
  • Kuvayt
  • Kanada
  • Litva
  • Xitoy (Gonkong ham)
  • Lixtenshteyn
  • Lyuksemburg
  • Makedoniya
  • Malta
  • Monako
  • Niderlandiya
  • Yangi Zelandiya
  • Norvegiya
  • Birlashgan Arab Amirliklari
  • Ummon
  • Portugaliya
  • Ruminiya
  • San-Marino
  • Saudiya Arabistoni
  • Serbiya
  • Slovakiya

fuqarolari ham qo`shildi. Shunday qilib, 10 fevraldan Turkiya, Malayziya va Yaponiya fuqarolarining O`zbekistonga kirishi uchun vizasiz tartib joriy etilayotgani hisobga olinsa, viza tartibining soddalashtirilgan tartibi qo`llaniladigan mamlakatlar soni 15 tadan 51 taga ko`paydi.

Ushbu davlatlar turistlariga 30 kungacha bo`lgan muddatga va ishbilarmonlariga 1 yilgacha bo`lgan muddatga ko`p martalik viza beriladi. Bunda ulardan turistik vaucher yoki O`zbekistondagi taklif qiluvchi yuridik va jismoniy shaxsning taklifnoma bilan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi talab etilmaydi. Viza 2 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar