Aqto`beda fojiali tarzda halok bo`lgan o`zbekistonliklarga atab o`tkazilayotgan xayriyada 320 million so`m mablag` yig`ildi, deb ma`lum qildi bloger Xushnudbek Xudayberdiev.
«Biz biroz muddat davomida xayriya haqida ma`lumot bermagan edik, buning uchun ma`zur tutgaysiz. Shunchaki hadeb, har kuni aytaversak ham, ishimizni ko`z-ko`z qilayotgandek bo`lib qolishdan qo`rqdik. Alloh xayriyamizni riyodan uzoq qilsin, ilohim. Turli joylarda oylik maosh berishning muddatini hisobga olib, ko`plab iltimoslarga binoan xayriya 10 fevralga qadar davom etadi », — deb yozadi bloger.
Shuningdek, qaysi davlatdan qancha mablag` yig`ilgani haqida ham ma`lumot berdi:
- 93 million 572 ming so`m — so`mda ochilgan plastik kartochkalarga;
- 5500 dollar — kanadalik o`zbeklar nomidan;
- 3977 dollar — PayPal orqali;
- 3908 dollar — GoFundme saytidagi 1-loyiha orqali;
- 3200 dollar — Qozog`istondagi o`zbeklar jamiyati nomidan;
- 3020 dollar — Yaponiyadagi yurtdoshlar nomidan;
- 2257 dollar — GoFundme saytidagi 2-loyiha orqali;
- 1265 dollar — Koreyadagi yurtdoshlar;
- 950 dollar — Dubaydagi yurtdoshlar;
- 845 dollar — Rossiyadagi yurtdoshlar;
- 500 evro — Germaniyadagi yurtdoshlar;
- 388 dollar — Qatardagi yurtdoshlar;
- 635 dollar — turli davlatlardan pul o`tkazmalari;
- 4 million 600 ming so`m — naqd pul;
- 4 million 372 ming — @vodiybozor Telegram kanali orqali;
- 70 dollar — viza kartaga.
Shunda bugungacha kelib tushgan jami xayriya miqdori:
- 102 million 544 ming so`m;
- 26015 AQSh dollari;
- 500 evro.
Eslatib o`tamiz:
So`mda pul o`tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo`q): 8600 3104 3723 2663 (Aloqabank)
Karta — Najmiddinov Bahriddin nomiga ochilgan.
Rossiya va MDHdagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o`tkazishlari mumkin: 63900218 9070623784
Yusupov Ural Xujakulovich nomiga ochilgan («Sberbank Maestro»)
Koreyadagi yurtdoshlar quyidagi manzilga pul o`tkazishlari mumkin: 1002-856-118459 Woori Bank (ATMdagi kodi 020)
Dadajonov Rakhimjon nomiga ochilgan
Xorijdagilar PayPal tizimi orqali quyidagi manzilga pul o`tkazishlari mumkin: «paypal.me/AbrorjonKodirov» («abrorkodirov.uz@gmail.com»)






