AsosiyDunyo

Darbadar va uysiz yigit adibani sevib qoldi va o`z hayotini tubdan o`zgartirdi

'Darbadar va uysiz yigit adibani sevib qoldi va o`z hayotini tubdan o`zgartirdi 'ning rasmi

Shvesiyalik adiba Emmi Abraxamson (Emmy Abrahamson) bo`lajak turmush o`rtog`ini botqoqlikdan tortib olgan, desak, mubolag`a bo`lmaydi. Amerikalik Vik Kokula (Vic Kocula) Emmini uchratganda, uysiz va piyonista edi. Hozirda er-xotinning ikki farzandi bor va Emmi muhabbat qissalari haqidagi kitobni yozdi, deb ma`lum qilmoqda Bigpicture.ru nashri.

2006 yili Emmi Abraxamson Amsterdamga keladi. Bir kuni dugonasini kutib o`rindiqda o`tirganda uning yoniga Vik Kokula keladi va garchi qarshisidagi binoda ulkan soat turgan bo`lsa-da, adibadan soat necha bo`lganini so`raydi. Vik kir-chir bo`lsa-da, Emmiga o`sha ondayoq Vik xush keladi.

Emmi va Vik xuddi o`sha erda besh kundan keyin yana uchrashishga kelishib olishadi.

Kokula Evropaga sayohat qilish uchun kelgandi, lekin tez orada aqchasi tugab qoladi.

Vik tilanchilik qilib, ko`cha-ko`yda yotib yuradi, keyin esa sharobga ruju qo`yadi.

Besh kunda so`ng Abraxamson va Kokula xuddi o`sha o`rindiqda ushrashadilar va kun bo`yi birga sayr qiladilar. Lekin Emmi Venaga qaytishi kerak edi. Istiqbolda nima kutib turganini bilmay, Emmi Vikka telefon raqamlarini qoldiradi va uyiga uchib ketadi. Oradan ko`p vaqt o`tmay Emmining telefoni jiringlaydi.

“O`shandan uch hafta o`tib 30 ga to`ldim, tug`ilgan kunimda telfonim jiringlab qoldi. Go`shakni ko`targandim, Vikning ovozini eshitdim: “Men shu erdaman”. U meni deb Venaga kelibdi. Mana, o`shandan beri birgamiz”, – deya hikoya qiladi adiba.


To`y marosimi qasrda bo`lib o`tdi. Vik o`ziga ish topdi – endilikda u elektrik. Olti yil avval ularning xonadonida egizaklar – Desta va Til dunyoga keldi. Emmi esa “Butalar orasida yashovchi erkakni qanday qilib sevib qolish mumkin?” nomli sevgi tarixiga asoslangan kitob yozdi.


    Boshqa yangiliklar