2017 yil 7 oktyabr kuni Qirg`iziston bosh vazir o`rinbosari Temir Jumaqodirov mingan avtomobil Moskva tumani Sadovoe qishlog`ida KamAZ bilan to`qnashib, jip salonida bo`lgan Jumaqodirovning yordamchisi va haydovchisi ham hodisa joyida hayotdan ko`z yumgan edilar, deb yozdi Sputnik Qirg`iziston nashri.
Qirg`iziston Bosh vaziri o`rinbosari o`limida aybdor deb topilgan shaxsni o`n yilga ozodlikdan mahrum qilishdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg`iziston.
Temir Jumaqodirov mashinasi bilan to`qnashgan yuk mashinasi haydovchisi Qirg`iziston Respublikasiga katta miqdorda jarima to`laydi. Qaror juma kuni Moskva tuman sudi tomonidan qabul qilingan.
Sud hukmi o`qilgan yuk mashinasi haydovchisi koloniyada o`z jazo muddatini o`taydi va Qirg`iziston respublikasiga 2,1 million som (30 ming dollarga atrofida) miqdorida jarima to`lashi kerak.