AsosiyDunyo

Suriyada Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirildi

'Suriyada Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirildi'ning rasmi

Shanba kuni Suriyaning Idlib viloyatida Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirildi, uchuvchi qurbon bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.


Rossiya harbiy havo kuchlariga tegishli bo`lgan samolyot Idlib viloyatidagi tinchlik o`rnatish hududi ustidan navbatchi parvoz amalga oshirayotgan vaqtida zarbaga uchragan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, samolyot “Jabhat-an-Nusra” jangarilari tomonidan, ko`chma zenit-raketa qurilmasi yordamida urib tushirilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, “Jabhat-an-Nusra” jangarilari nazorati ostida bo`lgan hududga aniq nishonga oluvchi qurol yordamida yoppasiga zarba berilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko`ra, zarba oqibatida 30dan ortiq jangari yo`q qilingan.

Ayni damda Rossiya Tinchlik o`rnatish markazi Turkiya vakillari bilan birgalikda rossiyalik uchuvchi jasadini qaytarish choralarini ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar