Shakti Arora va Radxika Madan — ko`proq Ranvir va Ishani ismlari bilan tanish aktyorlar, desak adashmaymiz. Mushtariylarimizning talab va takliflariga binoan «Senga oshiqman» seriali bilan har bir o`zbek xonadoniga kirib borgan qahramonlar hayoti va ijodiga to`xtalib o`tishni lozim topdik. Zero, ularning takliflari biz uchun qonun! Serial allaqachon yakunlangan bo`lsa-da, tomoshabinlar qahramonlarga haligacha qiziqish bildirishmoqda.
Shakti Arora: «Qiynalsam bobomning rollarini tomosha qilaman»
1986 yil 16 may kuni Mumbayda tug`ilgan. Otasi aktyor, onasi esa shifokor. Ular oilada ikki qiz, bir o`g`il. Shakti o`z davrida 110 dan ortiq filmlarda suratga tushgan Bollivud aktyori Chandrashexarning nabirasi bo`lib, ayni kunlarda sulolaning mashhur davomchilaridan biri hisoblanadi. Shakti ijodiy faoliyati davomida biror bir qiyinchilikka duch kelsa bobosi ishtirok etgan filmlarni tomosha qilib, o`zidagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiladi. Shuningdek, aktyor har bir jiddiy qarorni aynan bobosi bilan maslahatlashgan holda qabul qilishga odatlangan.
Ilk qadamlar...
Shakti Arora seriallarda 2007 yildan buyon suratga tushmoqda. Dastlabki rollarini komedik filmlarida ijro etgan. So`ng uni realiti shoulardan birida ishtirok etishga ko`ndirishadi. Aynan o`sha shoudagi rolidan so`ng tomoshabinlar Shaktining haqiqiy iqtidorini kashf qilishdi desak mubolag`a bo`lmayd. Ammo aktyor mazkur shoudan so`ng noma`lum sabablarga ko`ra ijodiy tanaffus e`lon qilgan. Іindiston telekanallaridan biri suratga olgan «Sen uchun» loyihasi bilan esa u san`at olamiga yana qaytdi. «Senga oshiqman» seriali esa uning ijodiy faoliyatida katta burilish yasagan. Hatto, aktyor tashqi ko`rinishiga ham o`zgartirish kiritgan. Ya`ni u Ranvir roli uchun rejissyor talabiga ko`ra
Bir muhabbat qissasi
Bollivud olamining ba`zi aktyorlaridan farqli o`laroq Shaktining shaxsiy hayoti hammaning ko`z o`ngida. U muhabbat borasidagi shaxsiy ma`lumotlarni hech vaqt sir tutgan emas. Shakti Arora uzoq yillardan buyon aktrisa Nexa Saksenani sevadi. "Siz uchun" serialining tasvirga olish jarayonida tanishgan yoshlar, ayni kunlarda o`z munosabatlarini yaqinlariga ma`lum qilishdi. Іatto, oilalarning kattalari va yaqinlari ishtirokida unashtiruv marosimi ham bo`lib o`tdi. Biroq hozircha to`y haqida aniq habarlar yo`q. Jurnalistlarning bu boradagi savollariga ham ular ochiq javob berishmagan.
Siz bilmagan 8 fakt
- Ishdan bo`sh vaqtlarida ot sporti bilan shug`ullanishni juda yoqtiradi. Kelajakda ot fermasining egasi bo`lish orzusi ham yo`q emas. Shuningdek, aktyorni reklama roliklarida ham tez-tez ko`rish mumkin. «Kinodan tashqari, qo`shimcha daromadim reklama» deydi uning o`zi.
- Sevgilisi Nexa bilan — uch o`g`il farzandning ota-onasi bo`lishni orzu qiladi. O`g`illaridan biri fotbolchi, ikkinchisi, san`atkor uchinchisini esa tadbirkorlik sohasini tanlashini niyat qilgan.
- Eng katta maqsadi Karan Joxar ssenariysi asosida suratga olinadigan filmda bosh rolni ijro etish.
- Iqtidorli inson har sohada iste`dodini namoyon etadi deganlaridek, qahramonimiz ham san`atning rassomlik yo`nalishiga nafaqat qiziqadi, hatto yuzlab suratlarning muallifi ham.
- U tunda avtomashina boshqarishdan va balandlikdan juda qo`rqadi.
- Shakti Arora tovuq go`shti qo`shib tayyorlangan barcha tamolarni sevib tanovul qiladi.
- U Amirxon, Tom Xenks, Katrina Kayiflarning muxlisi.
- O`zining visol oqshomini Andaman, Nikobar orollarida yoki Gresiyada bo`lishini niyat qilgan.
Radxika Madan 1995 yil 1 may sanasida Hindistonning Pitampur shahrida tug`ilgan. Dadasi Sudjit Madan tadbirkor, onasi Xeeru Madan esa rassom. Aktrisaning Ardjun ismli akasi bor. Radxikaning mashhurlik sari ilk qadamni elevideniedagi «Yulduzlar bilan raqs» nomli shou bilan qo`ygan. Ta`kidlash kerakki, aktrisa aynan shu ko`rsatuv orqali yosh-u qarining tiliga tushadi.
Kelajakni o`zgartirgan uchrashuv...Raqs bilan professional darajada shug`ullanib kelayotgan Radxika kino olami haqida o`ylamasdi ham. Ammo rejissyor, prodyusser va ssenariynavis Ekta Kapur bilan tanishuv uning taqdiri va orzularini o`zgartirib yuborgan. Mashhur Ekta Madanning raqslariga mahliyo bo`lib, unga shu zahotiyoq «Senga oshiqman» serialining bosh qahramonini ijro etishni taklif etadi. Ishani roli orqali u teletomoshabinlarning mehrini qozonishga muvoffaq bo`lgan va nufuzli «Zee Gold Awards» mukofotini ham qo`lga kiritadi. Radxika «Senga oshiqman» seriali bilan nafaqat mashhur bo`ladi, balki bekamu ko`st hayotga ham erishdi. Serial prodyusserlari rol uchun juda katta gonarar to`lashdi. Aktrisa birinchi gonarariga Mumbaydan derazasi dengizga qaragan shinam uy sotib olgan. Ayni kunlar Radxika Bollivudning mashhurlari Vidya Balan va Shaxid Kapurlar bilan qo`shni bo`lib yashayapti. Ishdan tashqari “Madan har bir davraga fayz olib kira oladigan qiz. U o`zining hazil-mutoyibasi bilan doim kayfiyatimizni ko`taradi” deydi aktrisaning do`stlari. Bo`sh vaqt topdi deguncha raqs maydoniga shoshadi, kitob mutola qilishni ham yoqtiradi. Brizer laqabli kuchukchasi bilan sayr qilish-ku jonu dili.
Siz bilmagan 8 fakt
- Sho`x-shaddot qiz obrazida tanilgan Radxika seriallar olimiga kirib kelishdan avval raqs san`ati bilan professional shug`ullangan. Іozir ham bo`sh vaqtlarida xoreograf sifatida yosh raqossalarga saboq beradi.
- U hind televidiniesidagi mashhur shoulardan biri — «Komedik oqshom — Bachao»da boshlovchi sifatida ham faoliyat yuritadi.
- Boshqa aktrisalardan faqali o`laroq, Radxika pardoz qilishni umuman yoqtirmaydi. Shuning uchun ham kundalik hayotda uni makiyajsiz ko`rishga odatlanishgan. Radxika tabiiy go`zallik tarafdori.
- Radxikaning eng katta orzularidan biri hindistonliklarning mashhur «Uchrashganimizda 2» (Jab We Met 2» filmida rol ijro etish.
- Ayni paytda aktrisaning ko`ngli Ishan Are ismli yigitda. Sevgilisining san`atga umuman aloqasi yo`q.
- Radxika Madan alu puri, golgapa va idli milliy tamolarini yaxshi ko`radi.
- Ranbir Kapur va Karina Kapurning ashadiy muxlisi.
- Aktrisa ijtimoyi tarmoqlarning faol foydalanuvchisi. Uning instagramdagi sahifasini 1,4 mln. muxlis kuzatadi. U ham o`z o`rnida doimiy ravishta shaxsiy hayoti haqidagi foto-hisbotlar taqdim etib turadi.