AsosiyDunyo

Besh oyoqli qo`zichoq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi

'Besh oyoqli qo`zichoq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi'ning rasmi

Angliyaning shimoliy qismidagi Darem grafligidagi fermalardan birida besh oyoqli qo`zichoq dunyoga keldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Qo`zichoqning egasi yashab ketishiga umid qilib, unga “Umid” deb laqab qo`ydi. Hozirda qo`zichoq ikki haftalik bo`ldi.Fermer ayol uni fermada olib qoldi. Qo`zichoqning beshinchi oyog`i o`ng biqinidan o`sib chiqqan.

Qolgan to`rt oyog`idagi tuyoqlar ham ikkiga bo`lingan.

Aksariyat hollarda bunday ahvolda tug`ilgan hayvonlarning yashab ketish imkoniyati kam bo`ladi. Qo`zichoqni ko`zdan kechirgan veterinar ortiqcha oyoqni olib tashlashning hojati yo`qligini, u besh oyoq bilan ham uzoq va baxtli hayot kechirishi mumkinligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar