1

Shavkat Mirziyoev yana xalqaro vaziyatga o`z ta`sirini ko`rsatgan mashhur insonlar ro`yxatiga kiritildi

Siyosat 05.02.2018, 15:06
Shavkat Mirziyoev yana xalqaro vaziyatga o`z ta`sirini ko`rsatgan mashhur insonlar ro`yxatiga kiritildi

Ispaniyaning etakchi tahliliy markazlaridan biri - Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) 2017 yilda xalqaro vaziyatga o`z ta`sirini ko`rsatgan mashhur insonlar hamda voqealarning 40 banddan iborat ro`yxatini e`lon qildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bu safar ham ushbu reytingdan joy oldi, deb xabar beradi Jahon AA.

Ro`yxat to`plovchilari taqdim etgan ma`lumotlarda qayd etilishicha, O`zbekiston etakchisi mamlakat Prezidenti etib saylanganidan so`ng “sifat jihatdan yangi muhit va nekbinlik boshlangani va buni ko`pchilik kutmagani” munosabati bilan e`tibor qozongan. Reyting ma`lumotlarida, jumladan, quyidagi fikrlar ham qayd etilgan:

“Bugun O`zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida “alohida bahor”ni kechirmoqda. U o`z faoliyatining birinchi kuni davomidayoq barcha prognoz va qoliplarni sindirgani holda mamlakatni ochiqlik sari etaklash jarayonining tashabbuskori bo`ldi. Bu jarayonni o`zbek xalqi allaqachon jiddiy his etmoqda. O`nlab siyosiy mahbuslar ozod qilindi, qariyb uch ming kishi avf etildi, minglab odamlar maxsus xizmatlarning “qora ro`yxati”dan o`chirildi, matbuot ilgari ta`qiqlangan mavzularni ko`tarib chiqa boshladi. Bunday chora-tadbirlar qo`shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilash bo`yicha diplomatik tashabbuslar bilan birgalikda mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida ham ko`pchilik kutmagan nekbinlikni uyg`otgani holda O`zbekistonda yangi muhitni yaratdi”.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev 2016 yil yakunlari bo`yicha ham Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) ro`yxatidan joy olgan edi. O`shandayoq Shavkat Mirziyoev rahbarligidagi O`zbekiston tashqi siyosatida yangi tamoyillarni kutish mumkinligi qayd etilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1