Ayni paytda o`qituvchilar toifasini himoya qilish va yangi toifa berish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi davlat inspeksiyasi tomonidan har besh yilda bir marta pullik asosda ma`lum sinovga ko`ra amalga oshiriladi. Ammo oddiy mutaxassis va oliy toifali o`qituvchiga to`lanadigan haq orasidagi farq atigi 22 foizni tashkil etadi. Bu ham bir tomondan adolat mezonlariga to`g`ri kelmaydi.
Milliy matbuot markazida tashkil etilgan ochiq muloqot davomida Xalq ta`limi mutasaddilari ayni paytda mazkur masala yuzasidan tegishli takliflar tayyorlanayotganini ma`lum qildi.
Ushbu takliflar inobatga olinsa, maktablarda dars berayotgan oddiy mutaxassis bilan ikkinchi, birinchi, oliy toifali o`qituvchiga to`lanadigan haq orasida sezilarli darajada farq vujudga keladi. Yuqori malaka va ish stajiga ega pedagog maoshi keskin oshadi. Bunda direktor fondi hisobidan to`lanadigan ustamalar umumlashtiriladi. Ya`ni, ustamani direktor belgilamaydi. Ana shunda tajribali, yaxshi o`qituvchilarning obro`-e`tibori, qadr-qimmati ham yuqori bo`ladi.
05.02.2018 20:23
Maktab o`qituvchilarining maoshida o`zgarishlar bo`lishi mumkin
!['Maktab o`qituvchilarining maoshida o`zgarishlar bo`lishi mumkin'ning rasmi](https://api.darakchi.uz/media/news_preview/2024/07/29/o3nLpXdSJx8W1JVjwyjVAZiCzqF8ZBxW-xl_RZBlhHu_il72nVL.medium.webp)