O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi «UZREPORT TV» telekanaliga XXIII qishki Olimpiya o`yinlarining eksklyuziv huquqini rasmiy sotib olish taklifi bilan chiqdi.
Telekanal bu taklifni ma`qullab, tegishli kelishuvga erishdi va Olimpiya o`yinlari translyasiyasining eksklyuziv huquqini sotib oldi.
«UZREPORT TV» telekanali bunga qadar futbol bo`yicha Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Angliya Premer ligasi, Ispaniya La Ligasi, Evro-2016 , shuningdek, boks bo`yicha Germaniyaning Gamburg shahrida o`tkazilgan jahon chempionati va qishki Osiyo o`yinlarining translyasiya huquqini xarid qilgandi. Endi telekanal o`z tarixida birinchi marta «Oq olimpiada»ni eksklyuziv namoyish etadi.
Eslatib o`tamiz, Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida tashkillashtirilayogan XXIII qishki Olimpiya o`yinlari shu yilning 9-25 fevral kunlari o`tkaziladi.






