AsosiyDunyo

Marjon qoyalari yo`qolish arafasida

'Marjon qoyalari yo`qolish arafasida'ning rasmi

Okean suvining yuqori harorati tropik marjonlariga 40 yil avvalgidan ko`ra besh marta ko`proq zarar etkazmoqda. Ushbu hulosaga xalqaro olim va ekologlar guruhi kelishdi.

Okean suvining yuqori harorati tropik marjonlariga 40 yil avvalgidan ko`ra besh marta ko`proq zarar etkazmoqda. Ushbu hulosaga xalqaro olim va ekologlar guruhi kelishdi. O`z ilmiy ishlarida ular butun dunyodagi yuzlab marjonlarni o`rgandilar.

Mutaxassislarning aytishicha, ular ustidagi rangli suvo`tlari “marjonlarning oqarishi” nomli jarayon natijasida halok bo`lar ekan. Odatda bu jarayon suv haroratining ilishi natijasida yuzaga keladi. Agarda jarayon to`xtovsiz davom etsa marjonlar halok bo`ladi.

1980-yillarda qoyalarning “oqarish jarayoni” 25 yilda bir marta bo`lgan. Hozirda esa bu holat tezlashmoqda va har 5-6 yilda kuzatilmoqda. Olimlar buni inson faoliyati ta`siri natijasidagi global issiqlik bilan bog`lashmoqda.

Tadqiqotlarga ko`ra, eng kuchli “oqarish jarayoni” 2015-2016 yillarda qayd etilgan. O`shanda butun dunyodagi 75% marjon qoyalariga zarar etgan. Agarda dunyoda ob-havo harorati yana 3-4 darajaga o`sguday bo`lsa, marjonlar butunlay nobud bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar