1

Andijonda ikki voyaga etmagan shaxsni o`ldirishda gumon qilinayotgan O`zbekiston fuqarosi Qozog`istonda qo`lga olindi

Jinoyat 06.02.2018, 11:39
Andijonda ikki voyaga etmagan shaxsni o`ldirishda gumon qilinayotgan O`zbekiston fuqarosi Qozog`istonda qo`lga olindi

– Jinoyatchilikning millati va chegarasi yo`q, – deydi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig`i Shohruh G`iyosov – Shuni hisobga olgan holda, bugungi kunda bizda Rossiya, Qozog`iston va Tojikistondagi hamkasblarimiz bilan idoraviy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etilgan.

Ko`pchilikni dahshatga solgan voqea – Andijon viloyati Xo`jaobod tumanida ikki voyaga etmagan shaxsning vahshiyona o`ldirilishida gumon qilinayotgan O`zbekiston fuqarosi Qozog`iston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlatga qochib ketishga uringanda mazkur guruh yordamida qo`lga olindi.

Hozirda Qirg`iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon va kelajakda Afg`oniston, Pokiston va Turkiya kabi davlatlar bilan shu kabi guruhlarni tuzish masalalari o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1