2018 yil 2 fevral kuni soat taxminan 22:30da Buxoro viloyati, Kogon tumanida joylashgan “ZELIC OIL GAZ” MChJga tegishli avtomobillarga gaz qo`yish shoxobchasi oldida “Matiz” rusumli avtomashinada o`rnatilgan gaz balloni portlagan, deya yozadi "Uznews.uz" nashri.
Buning natijasida avtomashinada bo`lgan 2 nafar fuqaro og`ir tan jarohati olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Yong`in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajaralishi uchun mas`ul bo`lgan shaxs tomonidan buzilishi odam o`lishiga sabab bo`lsa) jinoyat ishi qo`zg`atildi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko`ra, hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







