AsosiyDunyo

AQSh Qirg`iziston maktablariga yordam berish uchun 15 million dollar ajratadi

'AQSh Qirg`iziston maktablariga yordam berish uchun 15 million dollar ajratadi'ning rasmi

AQSh hukumati Qirg`izistonda bolalarning sog`lom ovqatlanishini qo`llab-quvvatlash uchun maktab va bolalar bog`chalari uchun bir milliard som (taxminan $ 15 million) sarflaydi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.


Xalqaro dastur doirasida Amerika Qo`shma Shtatlari hukumati bolalarning sog`lom ovqatlanishni qo`llab-quvvatlash uchun Qirg`izistondagi maktab va bolalar bog`chalari uchun bir milliard som ajratadi. Maktab, bog`cha va mehribonlik uylarida to`yintirilgan bug`doy, guruch va yog`dan sifatli taomlar tayyorlanadi.

Dastur tashkilotchilari maktab va bog`chalarni yuqori sifatli oziq-ovqat bilan ta`minlash davomatning oshishiga va bolalarning sog`ligini saqlashda katta yordam beradi, deb umid qiladilar.

    Boshqa yangiliklar