Kecha Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi Kunmin-Chuchjou shossesida ro`y bergan ommaviy yo`l-transport hodisasi oqibatida 53 ta avtomobil bir-biri bilan to`qnashgan, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur yo`l-transport hodisasining ro`y berishiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo`lgan. Yunnan provisiyasida ilgari hech qachon havo harorati +6 darajadan pastga tushmagan, biroq dushanba kuni havo harorati keskin ravishda noldan pastga tushib ketgan, yomg`ir qorga aylangan. Oqibatda yo`llar muzlab, avtomobil boshqarishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
YTH oqibatida 3 kishi turli darajadagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Voqea joyida huquq-tartibot xodimlari ishlagani bois yo`l yopib qo`yilgan. Yo`l ochilishini kutgan haydovchilar suv va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlangan.