AsosiyJamiyat

Bepul WI-FI tarqatsangiz – soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo`lasiz

'Bepul WI-FI tarqatsangiz – soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo`lasiz'ning rasmi

Bu Prezidentning 3.02.2018 yildagi «O`zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmoni bilan nazarda tutilgan. Uning matni ilovalarsiz O`zAda e`lon qilingan.

O`z hududida Internet tarmog`iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o`rnatgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan yagona soliq to`lovi bo`yicha bazasi quyidagi summaga kamaytiriladi:

  • bepul Wi-Fi hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish bo`yicha xarajatlar summasiga;
  • uning uchun internet-trafikni sotib olish bo`yicha xarajatlar summasiga.

Bundan tashqari, jamoat joylarida Internet tarmog`iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo`jalik sub`ektlari bunday hududlarni tashkil etgan joylarda 18 kv.m.dan ortiq bo`lmagan o`lchamdagi reklama banneri yoki romlarini o`rnatishlari mumkin. Buning uchun hokimlikning ruxsati talab etiladi.

Bu - muhim! Internet (Wi-Fi) tarmog`iga ulanish tegishli sifatlarga javob berishi va foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda amalga oshirilishi lozim. Bunday identifikasiya noyob identifikator (MAC-manzil) bo`yicha amalga oshirilishining ehtimoli yuqori.

Internet tarmog`iga simsiz bepul ulanish hududlarida (Wi-Fi) taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: norma.uz

    Boshqa yangiliklar