O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Farg`onadagi lisenziyasi tugatilgan dorixonaga oid ma`lumotlarni e`lon qildi.
Vazirlik saytida ma`lum qilinishicha, dorixonada dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirish tartibi qo`pol buzilganligi aniqlangan.
| soliq to`lovchining identifikasiya raqami | identifikasionny nomer nalogoplatelshika | qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo`pol ravishda buzilganligi aniqlangan dorixona, dorixona filialining to`liq manzili | qonun hujjatlari talablarini buzgan, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibini qo`pol buzgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi | qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo`pol ravishda buzilganligi oqibatida lisenziyaning amal qilishini to`xtatish to`g`risida qaror qabul qilgan sudning nomi, qaror qabul qilingan sana va ro`yxat raqami | ma`lumotlarni lisenziyalovchi organ reestriga kiritilgan sana |
| "SHER FARM MED" XK dorixona filiali | 300683044 | Farg`ona viloyati, Farg`ona shaxar, Aeroport ko`chasi, 2-A uy | Nabiev Umidjon Abduqodir o`g`li | Andijon viloyati iqtisodiy sudi, 9 avgust 2017 yil, 15-1705/5127 | 18 oktyabr 2017 yil |
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidenti qarori asosida tibbiyotda keng qo`llaniladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar joriy etilgan bo`lib, yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qo`pol buzilgani uchun lisenziyani bekor qilish ko`zda tutilgan.
Narxlar davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni tizimli asosda nazorat qilish bo`yicha Respublika komissiyasi tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun jahon narxlari kon`yunkturasini tahlil qilish asosida o`rnatilgan tartibda har chorakda belgilanadi.






