O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon biz bilan bo`lan suhbatda o`zimizning san`atkorlardan kimlarni kuzatishini va kim bilan duet kuylashni istashini aytib o`tdi.
— Bolaligimdan O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raevning muxlisiman. Ustoz hofiz bilan duet kuylaymanmi-yo`qmi bilmadim, ammo men uning muxlisi bo`lib qolaveraman. Boshqa xonandalarga baho berishim qiyin, ularning qay biri bilan duet kuylashimni oldindan aytolmayman. Tohir Sodiqov, Ruslan Sharipov, Dj Piligrimning san`atini hurmat qilaman. Yoshlardan Shahriyorning ijodini kuzatib boraman. Fikrimcha, u o`z ustida yanada ko`proq ishlasa, yaxshi bo`lardi.