AsosiyJamiyat

Rossiya harbiy delegasiyasi O`zbekistonda

'Rossiya harbiy delegasiyasi O`zbekistonda'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi qurolli kuchlar Bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig`i general-leytenant Ivan Buvalsev boshchiligidagi harbiy delegasiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, delegasiya vakillari O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo`lib, kadrlar tayyorlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

I. Buvalsevning Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tajribasi haqida akademiyada qilgan ma`ruzasi barcha harbiy okrug qo`shinlariga onlayn tarzida uzatildi.

    Boshqa yangiliklar