AsosiyDunyo

Dubay hukumati 2021 yildan qog`oz hujjatlardan to`liq voz kechadi

'Dubay hukumati 2021 yildan qog`oz hujjatlardan to`liq voz kechadi'ning rasmi

"Dastur tufayli hozirda Dubay hukumati tomonidan yiliga ishlatilayotgan 1 milliard qog`ozdan xalos bo`lamiz", - deb bayonot qilgan shahzoda Xamdan deya xabar berdi Sputnik.uz nashri.

Dubai Paperless Strategy dasturining ishga tushirilayotgani haqida Dubay merosxo`r shahzodasi Xamdan e`lon qilgan. Dasturga muvofiq, barcha hukumat muassasalari va ularning mijozlari qog`oz hujjatlarni chiqarib, taqdim etishdan xalos bo`ladilar.

"Dastur tufayli hozirda Dubay hukumati tomonidan yiliga ishlatilayotgan 1 milliard qog`ozdan xalos bo`lamiz", — deb bayonot qilgan shahzoda Xamdan.

Dasturni hayotga tatbiq etish uchun, hukumat muassasalarida avtomatlashtirish oshiriladi, raqamli identifikator, imzolar va sertifikatlardan faol foydalanila boshlaydi.

Bularning barchasi ixtisoslashtirilgan platformalar orqali ishga tushiriladi. Ushbu o`zgarishlar tufayli amaldagi qonunchilikka o`zgartish kiritilishi qo`shimcha qilingan.




    Boshqa yangiliklar