AsosiyJamiyat

Toshkentda bog`chalarga tayyor taomlarni etkazib berish tajribasi boshlandi

'Toshkentda bog`chalarga tayyor taomlarni etkazib berish tajribasi boshlandi  'ning rasmi

Sirg`ali tumanidagi 18-maktabgacha ta`lim muassasasida sog`lom ovqatlantirishni tashkil etishning yangi tartibi bo`yicha ilk tajribasi boshlandi, deb xabar qildi maktabgacha ta`lim vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda Maktabgacha ta`lim vazirligi rahbariyati, Toshkent shahar maktabgacha ta`limi bosh boshqarmasi, O`zbekiston Oshpazlar Uyushmasi va yana bir qator maktabgacha ta`lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi.

Sirg`ali tuman maktabgacha ta`lim bo`limi hamda MChJ "AZIYA BEST DISTRIBUTION" korxonasi bilan tayyor taomlarni etkazib berish maqsadida to`g`ridan-to`g`ri shartnoma imzolanib, bog`cha oshxonasi ularga foydalanishga topshirildi.

Tajriba jarayonida ushbu korxona tomonidan maktabgacha ta`lim muassasi oshxonasida tayyorlangan taomlar tarbiyalanuvchilarga etkazildi.

Tajriba — sinov tariqasida o`tkazilgan tadbirda oshpazlarning tashqi qiyofasidan tortib, taomnoma bo`yicha tayyorlanayotgan taomlar texnologiyasi va sifati yig`ilganlar e`tiborini tortdi.

Sirg`ali tuman maktabgacha ta`lim bo`limi mutassadilarining fikriga ko`ra, aynan shu korxona bilan yana beshta bog`chaga tayyor taomlarni etkazib berish maqsadida to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Dostavka gotovoy ed i polufabrikatov v detskie sad Uzbekistana

Dostavka gotovoy ed i polufabrikatov v detskie sad Uzbekistana

Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan tajriba natijalari tahlil qilinib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi. Toshkent shahar maktabgacha ta`limi bosh boshqarmasi uning tuman bo`limlari tomonidan bu borada barcha kuchlar safarbar etilgan. Faqatgina Toshkent shahar va unga qarashli tuman hokimiyati mutassadilari bu masalaga jiddiy e`tibori qaratsalar tajriba o`z samarasini beradi va uning ommalashishi tezlashadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi "Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga ko`ra Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga tadbirkorlik sub`ektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni etkazib berish bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzish ishlarini tajriba tarzida amalga oshirish belgilangan edi.

Shuningdek, 2017 yil 19 dekabrida prezident Sh.Mirzieev tomonidan o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida bog`chalarda bolalarni sog`lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta`minlashga alohida e`tibor qaratish zarurligi ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar