AsosiyJamiyat

O`z uyida jarohat olgan 77 yoshli qariyaga yordam ko`rsatildi

'O`z uyida jarohat olgan 77 yoshli qariyaga yordam ko`rsatildi'ning rasmi

Joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 1050 tezkor raqamiga Buxoro shahrida yashovchi fuqarodan 1941 yilda tug`ilgan qo`shnisi U.B.ning uyidan baqirib yordam so`rayotganligi haqida murojaat kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib borgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida 3-qavatda joylashgan xonadonning balkoni orqali xonadonga kirib, eshikni ochgan qutqaruvchilar uyning kirish eshigi oldida fuqaro U.B. boshidan jarohatlanib, yiqilib yotganligini ko`rgan.

Fuqaro U.B.ga birinchi yordam ko`rsatildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

    Boshqa yangiliklar