Muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik oqibatida britaniyalik model qiz burnidan ayrildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Xloya Xan (Chloe Khan) o`ziningInstagram-akkauntiga 4 fevral kuni muvafaqiyatsiz ravishda o`tkazilgan operasiya natijasida burun suyagidan ajralgani aks etgan fotosuratlarni joylashtirdi. Uning so`zlariga qaraganda, qiz mazkur operasiya uchun 100 ming funt sterling sarflagan.
Undan rinoplastika qanday kechgani haqida ko`p marotaba so`rashganlari uchun ijtimoiy tarmoqlarga fotosuratlarini joylashtirgan. U foydalanuvchilarga burun shaklini o`zgartirish emas, balki uni qayta tiklash haqida ma`lumot bergan.
Qizning ma`lum qilishicha, burunni tiklash uchun qulog`idagi tog`aydan ko`chirib o`tqazilgan. Xloya boshqalarni bunday operasiyalardan ehtiyot bo`lishga chaqirgan. Operasiya qildirish uchun shifokor tanlashda adashmaslikni maslahat bergan.