Hindistonda to`rt oyoqli jo`ja tuxumdan chiqdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mazkur jo`janing egasi katta pul taklif qilganlariga qaramay, to`rt oyoqli jo`jachasini sotishni istamadi. Ikki oydan beri jo`ja sog`-salomat, sheriklaridan farq qilmagan holda voyaga etmoqda. Uning egasi Madxya-Pradesh shtatining Rojxada qishlog`ida istiqomat qiladi. Uning aytishicha, g`aroyib jo`jani tomosha qilish uchun Hindistonning turli shtatlaridan mehmonlar tashrif buyurmoqda.
Jo`jada qo`shimcha oyoq paydo bo`lishiga polimeliya — genetik buzilish sabab bo`lgan.






