1

“O`zbekkino” kinoloyihalar uchun ssenariylar tanlovini e`lon qildi

Madaniyat 08.02.2018, 10:42
“O`zbekkino” kinoloyihalar uchun ssenariylar tanlovini e`lon qildi

“O`zbekkino” Milliy agentligi davlat grantiga asosan yaratiladigan badiiy, badiiy-publisistik hamda hujjatli filmlarga mo`ljallangan kinoloyihalar uchun tanlov e`lon qildi.

Agentlik saytida berilgan xabarga kshra, badiiy, badiiy-publisistik filmlar uchun 10 ta tarixiy mavzudagi va 7 ta zamonaviy mavzudagi kinoloyihalar hamda 32 ta hujjatli filmlar mavzulari uchun ssenariylar tanlab olinishi rejalashtirilgan.

Tarixiy mavzudagi kinoloyihalar Jaloliddin Manguberdi, Imom Buxoriy, Amir Temur va boshqa buyuk shaxslarga bag`ishlangan.

Tanlovda yoshidan qat`i nazar professional yozuvchi, kinodramaturg hamda ssenariynavis ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 2018 yil aprel oyiga qadar davom etadi.

Muvaffaqiyatli taqdimot qilinib, ijobiy baho olgan ssenariylar Agentlik Badiiy kengashi qarori bilan film ishlab chiqarishga tushiriladi.

Tanlov shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1