AsosiyJamiyat

Murojaatlar bilan ishlashda eng zo`r bo`lgan hokimlar e`lon qilindi

'Murojaatlar bilan ishlashda eng zo`r bo`lgan hokimlar e`lon qilindi   'ning rasmi

Facebookdagi “Xalq bilan muloqot” guruhida aholi murojaatlari bilan ishlashda eng ko`p jonbozlik ko`rsatgan viloyat hokimlari reytingi e`lon qilindi.

Unda aytilishiga ko`ra, 2018 yilning yanvar oyida qanoatlantirilgan murojaatlar foizi bo`yicha birinchi o`rinda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, kelib tushgan 4930ta murojaatning 76% qanoatlantirishga muvaffaq bo`lgan.

Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoev kelib tushgan 6573 murojaatdan 71 % qanoatlantirishga muvaffaq bo`lgan.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev esa kelib tushgan 5337 murojaatdan 71% ni qanoatlantirgan.

“Bu ko`rstakichlar kelib tushayotgan murojaatlarining qanoatlantirish darajasini ko`rsatadi xolos. Olib borayotgan hokimlik faoliyatiga baho emas”, — deb eslatib o`tgan guruh administratori Mansur Abdu.

Eslatib o`tamiz, 24 yanvarda e`lon qilingan reytingda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Toshkent viloyati hokimi G`ulomjon Ibragimov va Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovlar o`rin olgan edi.


    Boshqa yangiliklar