AsosiyDunyo

Boliviyada suv toshqinlari sababli favqulotta vaziyat e`lon qilindi

'Boliviyada suv toshqinlari sababli favqulotta vaziyat e`lon qilindi'ning rasmi

Boliviyaning Kochabamba shaharchasida kamida ikki kishi suv toshqinlari qurboni bo`ldi. Bu haqida tuman gubernatori ma`lum qildi. Mamlakat rahbari Evo Morales favqulotta vaziyat e`lon qildi.

Takuina daryosi o`zanlaridan chiqib ketdi. Habarlarga ko`ra, kamida 50 ming oila boshpanasiz qolgan.

Oy boshida suv toshqinlaridan olti kishi halok bo`lgan edi. Talofat ko`rganlarga yordam berish uchun davlat armiyasi ham jalb qilingan. Meteorologlarning prognozlari yaxshi emas – yaqin kunlarda vaziyatning yaxshilanishi kutilmayapti.

    Boshqa yangiliklar