AsosiyDunyo

Nensi Pelosi sakkiz soat to`xtamasdan nutq so`zladi

'Nensi Pelosi sakkiz soat to`xtamasdan nutq so`zladi'ning rasmi

AQSh Kongressida 77 yoshli demokratlar etakchisi Nensi Pelosi o`ziga xos rekord o`rnatdi. U sakkiz soatdan ortiq vaqt davomida to`xtamasdan nutq so`zladi.

Bunday uzun chiqish ohirgi marta 1909 yilda qayd etilgan. O`shanda mamlakatdagi islohotlardan norozi bo`lgan kongressmenlardan biri 5 soat 15 daqiqa to`xtamasdan gapirgan edi.

Pelosining nutqi migrantlar tomonidan mamlakat ichiga noqonuniy olib kirilgan farzandlarini himoya qilishga qaratilgan edi. Ushbu qonun AQShning sobiq prezidenti Barak Obama tomonidan qabul qilingan bo`lib, u bolalarni deportasiyadan asrar edi.

Tramp hukumati esa ushbu qonunni bekor qildi. Shu sababli demokratlar bor kuchini qonunni kuchda qolishiga qaratishgan. Kelishmovchiliklar sababli hukumat idoralari bir necha kunga yopib qo`yilgan edi.

    Boshqa yangiliklar