AsosiyJamiyat

Sud Islom Karimov haykalini o`rnatish masalasi bo`yicha referendumni bekor qildi

'Sud Islom Karimov haykalini o`rnatish masalasi bo`yicha referendumni bekor qildi  'ning rasmi

Moskva sudi prokuraturaning da`vo arizasiga ko`ra Islom Karimov haykalini o`rnatish bo`yicha referendum o`tkazish va Lenin haykalini Kalujsk maydonidan "Muzeon"ga ko`chirish masalasini bekor qildi, deb xabar bermoqda Sputnik.uz nashri.

Prokuror o`z da`vo arizasida 18 mart kuni referendum o`tkazish bo`yicha Yakimanka okrugi deputatlar kengashi qarorini bekor qilishni so`ragan. Referendumni 8 ta masala bo`yicha o`tkazish rejalashtirilgan. Ular ichida Bolshaya Polyanka ko`chasida Islom Karimov haykalini o`rnatish masalasi ham bo`lgan.

Prokurorning so`zlariga ko`ra, referendumga qo`yilgan masalalar "saylov huquqiy oqibatlarni ko`rsatmaydi", "haykallarni ko`chirish masalasi mahalliy o`z-o`zini boshqaruv organiga hech qanday aloqasi yo`q".

Bundan avval Moskva monumental san`ati bo`yicha komissiyasi raisi o`rinbosari Lev Lavrenov Moskvadagi Islom Karimov hiyobonida O`zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini o`rnatish hamda Lenin haykalini Kalujsk maydonidan "Muzeon" hiyoboniga ko`chirish masalasiga ham salbiy munosabat bildirgandi.

Moskva meri Sergey Sobyanin 2017 yil 27 oktyabr kuni Moskvada Islom Karimov haykalini o`rnatish to`g`risida farmoyish imzolagandi. Ushbu hujjatga ko`ra, haykal Yakimanka tumanida 2019 yil 31 dekabrgacha o`rnatiladi.


    Boshqa yangiliklar