O`zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, tadbirkorlik sub`ektlari va fermer xo`jaliklariga maslahat berish hamda faoliyatiga ko`maklashish maqsadida birjada tunu kun ishlovchi maxsus “Axborot markazi” ochildi, deya xabar berdi "Xalq so`zi" nashri.
Ushbu yangi xizmat har kuni 24 soat davomida faoliyat yuritadi.
Abonentlar (+998971) 213-33-30, 200-11-62 telefon raqami yoki 11-62 qisqa raqamga qo`ng`iroq qilib, birja faoliyatiga doir masalalar bo`yicha savollar yo`llashi, savdo ishtirokchilarini birjada akkreditasiyadan o`tish va birja savdolarida ishtirok etish yuzasidan maslahat olishi, mijozning huquq va majburiyatlarini hamda birjaning interaktiv xizmatlardan foydalanishning afzalliklarini bilib olishi mumkin.
Shu bilan birga, mijozlar SMS-xabarnomalar orqali birjaning hisob-kitob kliring palatasi (HKKP)dagi hisobvaraqning holati, tuzilgan bitimlar to`g`risida va mineral o`g`itlar bo`yicha shakllangan so`nggi kotirovkalar haqida ma`lumotlarga ega bo`lishi mumkin. Birjada akkreditasiyadan o`tgan fermerlar mazkur xizmatdan bepul foydalanish imkoniyatiga ham ega.






