AsosiyDunyo

Tojikiston Qirg`iziston bilan chegarasini yopdi

'Tojikiston Qirg`iziston bilan chegarasini yopdi'ning rasmi

Tojikiston bir tomonlama tartibda tojik-qirg`iz chegarasidan odam va yuklarni o`tkazishni to`xtatdi, bunga mahalliy aholi tortishuvli hududda ko`prik qurgani sabab bo`ldi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston nashri Qirg`iziston Chegara xizmati xabariga tayangan holda.


“2018 yilning 8 fevral kuni Tojikiston bir tomonlama tartibda tojik-qirg`iz chegarasining«Kulundu-avtodorojny» va «Kayragach-avtodorojny» nazorat punktlari orqali odam va yuklar o`tkazishni to`xtatdi”, — deyilgan xabarda.

Shuningdek, “Kulundu-avtodorojny” xalqaro nazorat punkti bo`lganligi uchun u erdan o`tish huquqiga ega bo`lgan uchinchi mamlakat fuqarolari chegarani kesib o`tishlari mumkin, deyilgan xabarda.

Eslatib o`tamiz Tojikiston va Qirg`iziston umumiy chegarasi 970 kmni tashkil qiladi. Undan451 kilometri haligacha aniq belgilanmagan. SSSR tarqalib ketganidan keyin ikki mamlakat orasida kamida 70 hudud borasida tortishuvlar davom etmoqda.


O`tgan 25 yil davomida Tojikiston va Qirg`iziston orasida davlat chegarasi haqida shartnoma imzolangani yo`q. Chegara chizig`i noaniqligi tufayli, bir necha bor qurolli mojarolar ham bo`lib o`tdi.

Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning fevral oyining boshida Dushanbega bo`lib o`tgan tashrifi davomida chegara masalasi asosiy masalalardan biri bo`lgan edi.

Xabarda aytilishicha, Tojikiston chegarachilari Batken viloyatidagi Say Laylak tumani hududida joylashgan ko`prikni ham yopib qo`yishgan. U erda chegarachi qo`shinlar soni oshirilgan.




    Boshqa yangiliklar