Ma`lum bo`lishicha, Oysha Kazzofiyning maqbarasi Sirtdan 40 km uzoqlikda joylashgan bo`lib, 6 fevral ertalab noma`lum jangarilar tomondan unga shikast etkazilgan, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.
Undagi eshik va derazalar vayron bo`lgan. Binoning o`ziga esa avvalroq aviazarba vaqtida hamda jinoyatchilar tomondan ham talofat etkazilgan edi. Muammar Kazzofiy 2011 yilda o`ldirilgandan keyin uning yaqinlarining qabrlari tahqirlanib, yo`q qilingan.
Jangarilar Kazzofiy oilasining oilaviy sag`anasida ko`milgan ota-onasi, amakisi va ikki qarindoshi qabrlaridagi qabr toshlarini vayron qilib, qabrdan ularga tegishli suyak qoldiqlarini olib, yoqib yuborishgan.
Kazzofiyning o`zi Liviya cho`lida maxfiy ravishda dafn qilingan.
Kazzofiy NATO tomondan qo`llab-quvvatlanuvchi isyonchilar tomondan 2011 yil 20 oktyabrda o`ldirilgan. Uning o`limidan keyin Liviya bir necha hududga bo`linib ketgan. Bu hududlar turli guruhlar tomondan nazorat qilinadi.






