Rossiyada 1991 yili o`limga hukm qilingan va keyinchalik umrbod qamoq jazosi berilgan Anvar Masalimov ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Izvestiya nashri.
Anvar Masalimov Rossiyadagi eng qattiq tartibli koloniyalardan biri — «Qutb boyqushi»da jazosini o`tayotgandi. Qotillik jinoyati uchun 15 yil o`tirib chiqqan Masalimov 1991 yili Tomsk viloyatining Komsomolsk posyolkasida unga boshpana bergan pensionerni bo`g`ib o`ldirgan edi.
Jazoni o`tash chog`ida u qariyaning mast holatda o`ldirganini bildirib, chiqarilgan hukm ustidan bir necha bor shikoyat yo`lladi.
Vologda viloyat sudi jazoni yumshatish mumkin deb hisobladi va Masalimovga shartli ravishda muddatidan oldin ozod bo`lish imkonini berdi. Bu Rossiyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahbus ozodlikka chiqishi bilan bog`liq birinchi holatdir.
Masalimov hozirda Moskvada shahrida istiqomat qilmoqda. U qolgan umrini rohiblikka bag`ishlash niyatida ekanligi bildirdi.