AsosiyJamiyat

Islom akademiyasi doktorantlarni qabul qilishni boshladi

'Islom akademiyasi doktorantlarni qabul qilishni boshladi'ning rasmi

O`zbekiston Islom akademiyasi tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e`lon qiladi. Bu haqda O`MI Matbuot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 dekabrdagi “O`zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 3433-sonli qarori ijrosiga muvofiq, respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va O`rta maxsus diniy ta`lim muassasalarini yuqori malakali ilmli kadrlar bilan ta`minlash, tayyorlanayotgan mutaxassislarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, qur`onshunoslik, hadisshunoslik, tafsir va fiqh, kalom ilmi yo`nalishlari bo`yicha etuk ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida O`zbekiston Islom akademiyasi tayanch dok­torantura, doktorantura va mustaqil ilmiy izlanuvchilar uchun tanlov e`lon qiladi.

Islom tarixi va manbashunosligi, qur`onshunoslik, hadisshunoslik, tafsir va fiqh, kalom ilmi, ilohiyot yunalishlaridagi fan sohalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish istagi bo`lgan nomzodlar Toshkent shahri, O`zbekiston Milliy universiteti, «V» bino, 2-qavatda joylashgan O`zbekiston Islom akademiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Hujjatlar 2018 yilning 20 fevraliga qadar qabul qilinadi.

O`zbekiston Islom akademiyasi Ilmiy kengashining 2018 yil 25 yanvardagi 1-sonli yig`ilishi qaroriga muvofiq tayanch doktoranturaga tanlov imtihonlari 2018 yil fevral oyi oxiriga qadar o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar