O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Yarasheva “Umra-2018” doirasida ko`plab o`zbekistonliklar qatorida muborak Umra ziyoratiga yo`l oldi. Bu haqda aktrisaning qizi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida xabar berdi.
Onasining Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan safarga otlanayotgani tasvirlangan suratlarni va videoni joylashtirgan “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz Ra`no Yarashevaning ilk bor Umra ziyoratiga yo`l olganini yozadi.
09.02.2018 09:23