Toshkent prokuraturasi talabani pichoqlab qo`ygan ruhiy xasta qiz bilan bog`liq jinoiy ish haqida ma`lumot berdi.
Eslatib o`tamiz, 4 fevral kuni poytatning Uchtepa tumanida sahar soat uchlarda 28 yashar O.Boronenko To`rttinchi fevral kuni poytaxtning Uchtepa tumanida 28 yashar qiz o`z uyi oldida Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutining birinchi bosqich talabasi ko`kragiga pichoq bilan zarba bergan edi M.Mamajonovning ko`krak qismiga pichoq bilan zarba bergan edi. Natijada yigit hodisa joyida vafot etgan.
Toshkent prokuraturasi boshqarma rahbari Bobir Dehqonovning so`zlariga ko`ra, mojaroning ikki ishtirokchisi bir necha soat avval tanishishgan bo`lgan.
"Hodisa shunday boshlanganki, Boronenko qotillik sodir etilishidan bir kun avval taksida bir yosh yigit bilan tanishgan bo`lib, u Mamajonovning tanishi bo`lgan. Ertasi kuni ular endilikda uch kishi kafeda uchrashishgan. Shundan so`ng qiz ularni o`z xonadoniga, kechki ovqatga taklif etgan. O`sha vaqtda kvartirada to`rt kishi bo`lishgan — ikki yigit, qiz va uning onasi", — qayd etdi Dehqonov.
Shundan so`ng, qizning onasi uxlashga ketgan, kompaniya esa spirtli ichimliklarni ichib, suhbatni davom ettirgan.
"Qiz ilgari maxsus muassasada bir necha bor davolangan. Uni davolagan shifokorning bizga bergan ma`lumotlariga ko`ra, spirtli ichimliklar iste`mol qilganidan so`ng, qiz tezda jahllanadigan va agressiv holatga kelar ekan. U do`konlarda, sartaroshxonalarda, ataydan janjallarni keltirib chiqarar ekan. Bu erda ham xuddi shunday bo`lgan. Janjal avj olgan, Mamajonov kvartiradan qochib chiqa boshlagan, qiz unga zinapoya maydonchasida etib olib, pichoq bilan zarba bergan", — deb hikoya qildi Bobir Dehqonov.
Mast holati tarqagan vaqtda qiz o`ta osuda va xushmuomala bo`lgan. Shunday bo`lsada, kasalligi bot-bot bo`y ko`rsatib turgan. Misol uchun, u 2007 yilda o`z o`g`lidan voz kechgan va uni bolalar uyiga topshirgan.
Prokuratura xodimi so`zlariga ko`ra, endilikda Boronenko majburiy davolash kurslaridan o`tishi kerak bo`ladi. Bu kurslar qancha muddat davom etadi va qizga qamoq jazosi tayinlanadimi yo`qmi sud hal etadi.






