Samarqand shahridagi Ko`ksaroy maydonida viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda uning tuman va shahar bo`limlariga "Prezident sovg`asi" - xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Markaziy harbiy okrug qo`mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasiga Captiva hamda tuman va shahar mudofaa ishlari bo`limlariga Nexia rusumli xizmat avtomashinalari berildi.
Avtomashinalarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov va viloyat hokimi T. Jo`raev tantanali topshirib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida ta`kidlab o`tishdi.
Prezidentimiz sovg`asi – xizmat avtomashinalari har bir mahallaga borib, o`z vaqtida targ`ibot tadbirlarini o`tkazib, chaqiriluvchilarga tushuntirishlar berib, chaqiruvlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.







