AsosiyDunyo

Semiz tojik generali lavozimidan ajralmaslik uchun 15 kilogrammga ozdi

'Semiz tojik generali lavozimidan ajralmaslik uchun 15 kilogrammga ozdi'ning rasmi

Tojikistonda huquq-tartibot idoralaridan semiz xodimlarni ishdan bo`shatish haqida buyruq chiqqanidan keyin general-mayor Suhrob Rahmonzoda 15 kilogrammga ozdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bu haqda “Aziya plyus” nashri mamlakat IIV rahbari Ramazon Rahimzodaning ma`lumotiga tayangan holda xabar bergan.

“Tojikiston respublikasi IIV kadrlar boshqarmasi boshlig`i Suhrob Rahmonzoda buyruq chiqqanidan keyin 15 kilogrammga ozdi. Agar semizligi tufayli ishdan bo`shatilgan xodimlar ozishga muvaffaq bo`lishsa, yana o`z lavozimlariga qayta tiklanadilar”, deb ma`lumot bergan Rahimzoda.

Tojikiston respublikasi IIV xodimlari orasida ortiqcha vazn bilan kurashish 2016 yilda boshlangan edi. Xodimlarning bo`yi, vazni jahon standartlariga mos kelishi kerak degan qat`iy talab qo`yilgan. Unga ko`ra, yigitlarning bo`yi 180 santimetrni, og`irligi esa 85 kilogrammni tashkil etishi lozim. Xodimlarning vaznini doimiy ravishda kuzatib borish uchun maxsus komissiya tuzilgan.

    Boshqa yangiliklar