Qozog`istonning Almati shahrida yashovchi Ilay Dyagilev ayollar go`zallik tanlovining finaliga qadar etib bordi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, 22 yoshli yigit Miss Virtual Kazakhstan go`zallik tanlovida ishtirok etish uchun o`zini Arina Alieva deb tanishtirib, u erga fotosuratlarini yuborgan. Finalgacha etib borgan Dyagilevning o`zi erkakligini tan oldi.
“Finalgacha etib borganimdan keyin hammasi chuqurlashib ketganligini angladim va Arina Alieva obrazini yo`qqa chiqarishga qaror qildim. Tanlovda ishtirok etish uchun Qozog`iston bo`yicha to`rt mingga yaqin ariza kelib tushgan edi, finalgacha etib borish menga nasib etdi”, deb o`z harakatlariga izoh berdi Ilay Dyagilev.
Yigitning iqroridan keyin tashkilotchilar uni tanlovdan chetlashtirishdi va finalga boshqa ishtirokchi yo`l oldi. Dyagilev uning bunday yo`l tutishiga do`stlari bilan go`zallik haqida bahs boylashgani sabab bo`lganligini vaj qilib ko`rsatdi. U “ayollarning tabiiy go`zalligini targ`ib qilmoqchi bo`lganligini” ma`lum qildi.






