Taylandda yashovchi Jiravut Pongpxan (Jirawut Pongphan) lotereyaga 42 million bat yutib olgandan so`ng uyidan o`lik holda topildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Jasadning yonidan o`z joniga qasd qilgani uchun yaqinlaridan uzr so`rab yozilgan maktub topilgan.
Bunga qadar Pongpxan yutuqni nishonlash uchun uyiga barcha qarindoshlarini, do`stlarini chaqirgan. Ertasi kuni yutuqni olish uchun chiptani qidirganda uni yo`qotganligi ma`lum bo`lgan. Chiptasiz pulni olishning imkoni yo`qligini bilgan Pongpxan og`ir depressiyaga tushgan va ko`chaga chiqmagan, ishga ham bormagan.
Ayni paytda polisiya yo`qolgan chiptani qidirmoqda. Ularning taxminiga ko`ra chipta o`g`irlangan.