AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan “Manyak” qamoqqa olindi

'Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan “Manyak” qamoqqa olindi'ning rasmi

“Manyak” so`zining o`zi har qanday odamni seskantiradi. Chunki bir emas, bir nechta, boshqacha aytganda, seriyali qotilliklarni amalga oshirgan jinoyatchilar shunday nom oladi.

Yaqinda internet tarmoqlarida uch nafar voyaga etmagan shaxsning umriga zomin bo`lgan “manyak” xaqida xabarlar tarqaldi. Bu masalaga oydinlik kiritish, norasidalarga nisbatan bunday shafqatsizlikni amalga oshirgan shaxs kimligini aniqlash maqsadida O`zA muxbiri O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi.

- Haqiqatdan ham Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida uch nafar voyaga etmagan shaxsni qasddan o`ldirish jinoyati sodir etilgani aniqlandi, - deydi Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Gulnoza RAHIMOVA. - Bu qilmishni sodir etgan Otaboev Zohid Sunnatillaevichga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari Bosh prokuraturaning O`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Tergovda aniqlanishicha, Oqqo`rg`on tumanining “Xonobod” mahalla fuqarolar yig`inida yashagan Z.Otaboev 2003 yilda tug`ilgan Sh.M, 2005 yilda tug`ilgan Yo.U, 2014 yilda tug`ilgan O.S ni qasddan o`ldirib, ularning murdasini o`z hovlisiga ko`mib qo`ygan.

Bu voyaga etmagan shaxslar turli yillarda bedarak yo`qolgan bo`lgan.

Z.Otaboev ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, qamoqqa olingan. Hozirda zarur tezkor tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar