AsosiyDunyo

Rossiyada gaz balloni portlashi oqibatida O`zbekiston fuqarolari jabrlandi

'Rossiyada gaz balloni portlashi oqibatida O`zbekiston fuqarolari jabrlandi'ning rasmi

Podmoskoveda gaz balloni portlashi oqibatida 5 nafar O`zbekiston fuqarolari jabrlandi, deb xabar berdi«Interfaks» nashri.

«Portlash oqibatida besh nafar O`zbekiston fuqarosi jabrlangan. Ulardan uch nafari jonlantirish bo`limida, yana ikki nafari esa engil tan jarohatlari olgan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, gaz balloni chorvachilik fermasida portlagan. Portlash gaz ballonidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuz bergani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar