AsosiyDunyo

Shotlandiyada o`yinchoq yo`lbars bir soat davomida fermer va polisiyachilar otryadini dahshatga soldi

'Shotlandiyada o`yinchoq yo`lbars bir soat davomida fermer va polisiyachilar otryadini dahshatga soldi'ning rasmi

Yaqinda Shotlandiyada g`alati voqea yuz berdi, deb xabar qildi Mix.tn.kz nashri.

Aberrdnashirga ko`chib o`tgan fermer Bryus Grabb do`stlari bilan uy to`yini nishonladi. Shu bilan birga u 200 bosh homilador sigirlarini ham esdan chiqarmadi. Ularning har soatda ko`zi yorishi mumkinligini bilgan fermer spirtli ichimlik iste`mol qilmay, sigirlardan tez-tez xabar olib turdi.

U molxona tomon yo`l olganda erda yotgan katta yo`lbarsga ko`zi tushdi. Yo`lbarsning sigirlarga va odamlarga hujum qilishidan cho`chigan Grabb shu zahotiyoq polisiyaga qo`ng`iroq qildi. Yirtqich shu darajada haqiqiyga o`xshardiki, voqea joyiga etib kelgan polisiya ofiseri undan qo`rqqanidan mashinadan tushishdan bosh tortdi.

Dispetcherlar qaysi parkdan yo`lbars qochganligiga aniqlik kiritgunlariga qadar, fermaga oltita polisiya otryadi etib keldi. Polisiyachilar voqea joyini o`rab olishdi va yo`lbarsni kuzata boshlashdi. Yirtqich 45 daqiqadan beri qimirlay turgani ularning e`tiborini tortdi va sekin yaqinlashib, mazkur “yirtqich” o`yinchoq ekanligini ko`rishdi.

Xavf-xatar yo`qligini ko`rgan polisiyachilar ortga qaytishdi. Ular fermerni “yolg`on chaqiriq”da ayblashmadi, chunki voqeaning qanday yuz berganiga ularning o`zlari ham guvoh bo`lishgani uchun bunda fermerning aybi yo`qligini ma`lum qilishdi.

    Boshqa yangiliklar