Joriy yilning 25 yanvaridan 25 fevraliga qadar Xorazm viloyatida harakat xavfsizligi oyligi o`tkazilmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Shu munosabat bilan mahallalar, ta`lim muassasalari va korxona-tashkilotlarda targ`ibot-tushuntirish ishlari olib borilayotir. Transport va piyodalar, jumladan, bolalar harakati serqatnov yo`llar va joylarni belgilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko`rilayotir.

Yo`l-patrul xizmati inspektorlari maxsus reydlar, tekshiruvlar davomida asosan xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, harakat paytida mobil telefonda gaplashish bilan bog`liq ko`plab qoidabuzarliklarni aniqlamoqda. 






