AsosiyJamiyat

O`zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo`lni tiklamoqda

'O`zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo`lni tiklamoqda  'ning rasmi

O`zbekiston Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan temir yo`lni tiklamoqda, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston TojikTA agentligiga asoslanib.

"O`zbekiston tomoni Tojikistonning Xatlon viloyati yo`nalishi bo`yicha boruvchi temir yo`llarni tiklashga kirishdi. Mazkur ishlar yaqin vaqt ichida yakunlanishi rejalashtirilgan", — dedi agentlikka mamlakat hukumatidagi manba.

Ushbu yo`nalish bo`yicha poezdlar mart oyining dastlabki o`n kunligida harakatlana boshlashi kutilmoqda: O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi ana shu davrga mo`ljallangan.

Manbaning aytishicha, kelgusida ikki mamlakat poytaxtlari o`rtasida yo`lovchilar uchun temir yo`l reyslari tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2011 yil noyabrda O`zbekiston tomoni Amuzang-G`alaba uchastkasidagi temir yo`llarni olib tashlagan.

Yanvar oyida O`zbekiston va Tojikiston vakillari O`zbekiston orqali Rossiyaga temir yo`l qatnovi ochish imkoniyatini muhokama qilgandi. Gap Turkmanistonni aylanib o`tuvchi Dushanbe-Paxtaobod-Boysun-Qarshi-Toshguzar temir yo`l marshruti haqida bormoqda. Agar ushbu yo`nalish ochiladigan bo`lsa, yuk va yo`lovchi tashish vaqti hamda masofasi qisqaradi.



    Boshqa yangiliklar