Transport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish uchun undiriladigan to`lov stavkalariga o`zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Unga ko`ra, to`lovlar eng kam oylik ish haqiga nisbatan foizlarda yuridik shaxslar uchun hamda jismoniy shaxslar uchun alohida, transport vositasining toifasidan kelib chiqib belgilangan.
Agar, jismoniy shaxslarga tegishli engil (M 1 toifadagi) avtotransport vositalari tadbirkorlik sub`ektlari – yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko`rikdan o`tkazilsa, mazkur to`lov Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undirilmaydi. Bunday hollarda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan to`lovlar undiriladi.
Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undiriladigan, jismoniy shaxslarga tegishli engil avtotransport vositalari uchun belgilangan to`lov 2019 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
✳️Hujjatning to`liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.






