AsosiyJamiyat

O`zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

'O`zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi   'ning rasmi

O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayangan holda UzNews.uz xabar berdi.

Polkovnik Qutlimurodov Ilhom Madiyarovich Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Bunga qadar Ilhom Qutlimurodov 2017 yil sentyabridan buyon mazkur boshqarma boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

2016 yil avgustda Qutlimurodov "Jasorat" medali bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar