AsosiyJamiyat

"Innovasion faoliyat to`g`risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi

'"Innovasion faoliyat to`g`risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi'ning rasmi

Innovasion faoliyat to`g`risidagi Qonun loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qo`yildi.

Loyiha bilan:

– innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo`llab-quvvatlash shakllari;

– innovasion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

– xalqaro hamkorlik, innovasiyalarni amaliyotga joriy etishga oid qoidalar nazarda tutilmoqda.

Loyiha muhokamasida faol ishtirok etish orqali qonun hujjati puxta ishlab chiqilishiga o`z hissangizni qo`shgan bo`lasiz.

Eslatib o`tamiz, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo`yilgan loyihalar bo`yicha berilgan takliflar ko`rib chiqilishi shart.

Muhokamada quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/documents/

    Boshqa yangiliklar