Ustyurt gaz-kimyo majmuasining Harbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi otryadi mutaxassislari yong`inning oldini olish bo`yicha tadbirlarni takomillashtirish maqsadida ob`ektlarni kuzatib borishga ixtisoslashtirilgan g`ayrioddiy velosiped turini ixtiro qildi.
Bu yangi topilma birlamchi yong`inni bartaraf qilish asbob-uskunalari bilan ta`minlangan, takomillashtirilgan velosiped bo`lib, u diametri 66 millimetrlik bir dona yong`in o`chirish engi (QD-70 bilan), diametri 66x77 millimetrlik bir dona ulagich (perexodnik), ikki dona OP-5 markali yong`in o`chirgich, bir dona 100 metrlik qutqarish arqoni, bir dona tovush kuchaytgich uskunasi, bir dona engil lom, bir dona engil bagor, bir dona yong`in o`chirish bolg`asi, bir dona fonarik (migalka, bir juft kichik fonar), bir dona tibbiyot qutichasi, bir dona 4x4 metrlik kigiz, bir dona gidrant ochish kalitidan iborat.
Velosiped sinovdan o`tkazilib, foydalanishga qo`yilgan.






Moldir Igilikova,
Qoraqalpog`iston axborot agentligi






